14:14 / 27.11.2017
3 880

Moskva Vashington va Pxenyanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni taklif etdi

Moskva Vashington va Pxenyanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni taklif etdi
Seulda «Valday» xalqaro munozara klubining 8-Osiyo anjumani ochilishida chiqish qilgan Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov Koreya yarim orolida vaziyatni izga solish bo‘yicha bosqichma-bosqich rejani taqdim etdi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Morgulovga ko‘ra, harbiy keskinlikni pasaytirish birinchi qadam bo‘lishi lozim. Bu KXDR raketa-yadro sinovlaridan voz kechishi, shuningdek, AQSh va Janubiy Koreya mashg‘ulotlari soni hamda ko‘lami kamaytirilishini anglatadi.

Ikkinchi bosqich AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishi bo‘lishi kerak. Bunga ikki koreys davlati muloqoti tiklanishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Muzokaralar bo‘lib o‘tgandan so‘ng, uchinchi bosqichda barcha manfaatdor davlatlar ishtirokida Osiyoda umumiy xavfsizlik masalalarini muhokama etish jarayonini ishga solish talab etiladi.

Rossiya TIV rahbarining o‘rinbosari Moskvaning yarim orolda vaziyatni izga solish bo‘yicha yo‘l xaritasi haqidagi taklifi Vashington va Pxenyanga yetkazilgani, biroq bunga hali javob bo‘lmaganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva Vashington va Pxenyanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni taklif etdi