21:57 / 25.04.2018
5 400

Xitoyda ko‘chada ketayotgan ayolning boshiga it kelib tushdi (foto, video)

Xitoyda ko‘chada ketayotgan ayolning boshiga it kelib tushdi (foto, video)
Guanchjou shahrida kutilmagan voqea yuz berdi: ko‘chada ketayotgan ayolning boshiga it kelib urildi, deb yozadi Darakchi nashri.

Ushbu holat qo‘chada o‘rnatilgan videokuzatuvga tushib qolgan. Ayol qattiq zarbdan xushidan ketib qolgan, hatto bo‘yin qismiga qattiq jarohat yetgan. Hozirda u kasalxonada davolanmoqda.

Voqea 15 aprel kuni ro‘y bergan. Qiziq, it o‘zi tushib ketganmi yoki birov yuqoridan tashlab yuborganmi?! Politsiya ushbu holatga aniqlik kiritmoqda. Ushbu voqea aks etgan lavhani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda ko‘chada ketayotgan ayolning boshiga it kelib tushdi (foto, video)