06:30 / 09.08.2018
8 009

Otasini so‘yib tashlagan uch qiz: «Biz unday ota bilan yashagandan, turmada chirishni afzal bilamiz!»

Otasini so‘yib tashlagan uch qiz: «Biz unday ota bilan yashagandan, turmada chirishni afzal bilamiz!»
Xabaringiz bor, yaqinda Moskva shahridagi xonadonlardan birida dahshatli darajadagi qotillik yuz berdi. Mixail Xachaturyan ismli erkakni 17, 18, 19 yashar, Angelina, Krestina, Mariya ismli uch qizi o‘zaro kelishgan holda so‘yib tashlashdi. Xachaturyan bir amallab qizlarining qo‘lidan chiqib qochishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo pod’ezdga chiqqach, ko‘p qon yo‘qotish tufayli yiqilib tushgan. Shu yerda jon bergan. Ekspertlarning guvohlik berishicha, uch qizi unga juda ko‘plab tig‘ jarohatlarini yetkazgan ekan.

Hozirgi kunda uchchala qotil qiz ham Moskva SIZO siga joylashtirilgan. Ularning birontasi turmadagi sharoitdan shikoyat qilgani yo‘q. Qiynoqlarga solingani haqida hech nima deyotgani ham yo‘q. Qizlarning ikki nafarini alohida kameraga, bir nafarini sherikli kameraga joylashtirishgan. Qotil qizlar onasi Aureliya Dunduk bilan uchrashishga ham ulgurishdi. Ular kitob va gazetalar so‘rashgandi. Turma ma’muriyati so‘ralgan narsalar olib kelib berilishiga qarshilik bildirmadi.

— Meni marhum erim Mixail Xachaturyan bir necha yil oldin haydab yuborgan, — deydi qotil qizlarning onasi. — Qizlarim bilan ko‘rishishga ham ruxsat bermasdi. Sho‘rlik qizlar xuddi turmada o‘tirgandek edilar. Johil ota ularni o‘zi xohlagan ko‘yga solardi. Ayniqsa, narkotik iste’mol qilgandan keyin yovuz bir mahluqqa aylanardi. Qizlarim kaltak yeyaverib, oxiri jonlaridan to‘yishgan-da!..

Qotil qizlar ham onasining gaplarini ma’qullab, shunday deyishdi:

— Biz yovuz va johil ota bilan bir uyda yashab azoblangandan, turmada chirib ketishni afzal bilamiz!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Otasini so‘yib tashlagan uch qiz: «Biz unday ota bilan yashagandan, turmada chirishni afzal bilamiz!»