
2025-yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonda 116 ming dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgani ma'lum qilindi. Bu 2024-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 1,69 ming dona kam.
2025-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, mamlakatda turli markalardagi 326,3 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga qaraganda 28,6 ming dona (9,6 foiz) ko‘pdir. Cobalt bilan bir qatorda, Damas (67,8 ming), Tracker (34,1 ming) va Onix (22,5 ming) modellari ham katta hajmda ishlab chiqarilgan.
Shunga qaramay, Damas modeli ishlab chiqarilishi ham 2,1 ming dona kamaydi. Hisobot davrida, shuningdek, KIA — 19,6 ming, BYD — 13,7 ming, Chery — 6,8 ming, Haval — 6,2 ming va Tank 500 avtomobilining 47 donasi ishlab chiqarilgani qayd etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar