O‘zbekiston aholisi nechta yengil avtomobilga ega? Javob sizni hayratga soladi

2025-yil 1-oktyabr holatiga O'zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 725,9 mingta avtotransport vositasi ro'yxatdan o'tgan. Ularning 4 392,4 ming donasini yengil avtomobillar tashkil etib, jami transport vositalarining 92,9 foiziga teng. O'tgan yilning shu davriga nisbatan avtomobillar soni 415,3 mingtaga oshgan. Avtotransport vositalari tarkibida 312,7 mingta yuk avtomobili, 7,5 mingta mikroavtobus, 7,3 mingta maxsus transport vositasi va 6 mingta avtobus mavjud.
O‘zbekistonda avtomobil egalari soni yildan-yilga tez sur’atlarda ko‘paymoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-oktyabr holatiga mamlakatda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 725,9 mingta avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan.
Eng katta ulushni, ya’ni 92,9 foizini yengil avtomobillar tashkil etadi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan avtomobillar soni 415,3 mingtaga oshgan.
Avtotransport vositalari turlari bo‘yicha taqsimot
- Yengil avtomobillar — 4 392,4 ming dona
- Yuk avtomobillari — 312,7 ming dona
- Mikroavtobuslar — 7,5 ming dona
- Maxsus transport vositalari — 7,3 ming dona
- Avtobuslar — 6 ming dona
Mamlakatda avtomobillar sonining ortib borishi aholining harakatchanligi, shaxsiy transportga bo‘lgan talabning o‘sishi hamda so‘nggi yillarda avtomobil bozoridagi liberallashtirish jarayonlari bilan izohlanmoqda.































Izohlar 0
…