Toshkent tirbandliklardan qutuladimi? Reja — 60% jamoat transporti

Toshkent tirbandliklardan qutuladimi? Reja — 60% jamoat transporti

Toshkent shahrida transport tizimini tubdan yaxshilashga qaratilgan navbatdagi muhim qaror qabul qilindi. 2025-yil 4-dekabr kuni Prezidentning PQ–368-sonli qarori tasdiqlanib, poytaxtda transport boshqaruvini takomillashtirish, tirbandliklarni kamaytirish va jamoat transportining samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrining 2030-yilgacha rivojlanish strategiyasida jamoat transportiga katta ustuvorlik berilgan. Unda asosiy maqsadlardan biri — aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini kamida 60 foizga yetkazish.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, poytaxtdagi tirbandliklarning asosiy sababi — shaxsiy avtomobillar ulushining yuqoriligi. Jamoat transportiga talab oshishi esa nafaqat qulaylik yaratadi, balki ekologik vaziyatni yaxshilashga ham xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar