
Qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida yuzaga kelgan texnik nosozlik natijasida tabiiy gaz importi qisqarishi tufayli O‘zbekistonda tabiiy gaz ta’minoti tizimiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilmoqda.
Birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarining, masalan, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, shifoxonalar va oliy ta’lim muassasalari kabi muhim ob’ektlarning tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlanishi ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan, "metan zapravkalar" faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilmoqda. Bu chora, tabiiy gaz bosimi pasayishining oldini olish va gaz ta’minotining barqarorligini ta'minlash uchun zaruriy choradir.
Ushbu cheklovlar faqat vaqtinchalik bo‘lib, gaz bosimini tiklash uchun amaliy ishlar olib borilmoqda. Vaqti-vaqti bilan cheklovlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.