
Toshkentda 15 yildan oshgan avtomobillar uchun Trade-In tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarorida qayd etilgan bo‘lib, ushbu mexanizmni ishlab chiqish vazifasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda «O‘zavtosanoat» zimmasiga yuklatilgan.
Tizim yo‘lovchi tashish va yuk avtomobillari uchun amal qiladi. 2010 yilgacha ishlab chiqarilgan va «Euro-4» standartiga javob bermaydigan transport vositalarini egalariga yangi avtomobil sotib olish imkoniyati taqdim etiladi, bunda ma’lum miqdorda qo‘shimcha mablag‘ to‘lash talab qilinadi.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi kelgusi yil oxirigacha butun mamlakat bo‘ylab transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, Toshkent shahrida 700 ta chorrahada sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan aqlli svetoforlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.