Elektromobillar nega ommalashdi: sotuv 40,7 mingtaga yetdi

O‘tgan yil mobaynida mamlakatda yangi elektromobillar realizatsiyasi sezilarli darajada oshdi: sotuv hajmi 35 foizga ko‘payib, jami 40,7 mingtani tashkil etgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.
Hududiy tahlilga ko‘ra, ushbu segmentdagi asosiy faollik Toshkent shahri atrofida jamlangan. Poytaxtda 29 mingta yangi elektromobil sotilgan bo‘lib, bu umumiy ko‘rsatkichning 71 foiziga teng.
Eng yuqori natija qayd etilgan keyingi hududlar sifatida Samarqand viloyati, Toshkent viloyati hamda Qashqadaryo viloyati tilga olingan. Bu raqamlar elektromobillarga qiziqish yildan yilga kuchayib, ayniqsa yirik shaharlar va iqtisodiy faol hududlarda tezroq o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing