date

O‘zbekistonga qish qaytmoqda: yaqin kunlarda qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonga qish qaytmoqda: yaqin kunlarda qor yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 18 yanvargacha bo‘lgan ob-havo prognozi bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida respublika bo‘ylab ob-havo keskin o‘zgarib, ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Ayniqsa, tungi harorat pasayishi va tumanli kunlar ko‘payishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida haftaning katta qismida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. 15–17 yanvar kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Tuman kuzatilishi ehtimoldan xoli emas. Tunlari havo harorati asta-sekin sovib, 17–18 yanvar kunlariga kelib 2–7 daraja sovuqqacha tushadi. Kunduzgi harorat esa iliqdan salqinga qarab o‘zgaradi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo barqaror emas. 15–17 yanvar kunlari ayrim hududlarda yog‘ingarchilik qayd etilishi mumkin. Tunlari harorat musbat ko‘rsatkichlardan manfiyga tushsa, kunduzi esa 2–7 daraja iliq atrofida saqlanishi kutilmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida haftaning boshi nisbatan iliq o‘tadi. Ammo 15 yanvardan keyin havo soviy boshlab, 16–17 yanvar kunlari ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Tumanli saharlar ham ehtimoldan xoli emas.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 16–17 yanvar kunlari qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda kunduzi havo 5–10 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham haftaning ikkinchi yarmida ob-havo o‘zgarib, ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat 2–7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa havo yanada salqinlashadi. 12, 16–17 yanvar kunlari yog‘ingarchilik ehtimoli bor. Tunlari harorat 7 daraja sovuqqacha tushishi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida harorat bosqichma-bosqich pasayib boradi. Uchinchi o‘n kunlikda esa ayrim shimoliy hududlarda tungi sovuq 15–20 darajagacha yetishi mumkin. Shu bois, yaqin kunlarda qishki ob-havoga tayyor turish tavsiya etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga qish qaytmoqda: yaqin kunlarda qor yog‘ishi mumkin