Xiaomi yangilangan SU7 uchun oldindan buyurtmalarni boshladi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangilangan SU7 elektr sedani uchun oldindan buyurtmalarni ochdi. Reuters xabariga ko‘ra, model savdoga 2026 yil aprelida chiqadi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Yangilanishning asosiy yo‘nalishi xavfsizlik bo‘lib, to‘qnashuvlarning oldini olishga xizmat qiluvchi tizimlar kuchaytirilgan. Xususan, yo‘ldagi to‘siqlarni aniqlash uchun lidar qo‘shilgani qayd etildi.
Yangi SU7 narxi 229 900 yuan (taxminan 32,9 ming dollar) etib belgilangan. Bu avvalgi versiyadan biroz qimmatroq, biroq Tesla Model 3 ga nisbatan arzonroq.
Kompaniya vakillari yangilanishda tezlikdan ko‘ra xavfsizlik ustuvor bo‘lganini ta’kidladi. SU7 2024 yil martidan beri bozorga chiqqanidan buyon 360 mingdan ortiq avtomobil sotilgan, ammo so‘nggi oylarda Xitoy bozorida ommaboplik bo‘yicha Tesla Model 3 oldinga o‘tgan.
Xiaomi 2026 yilda jami 550 mingta elektromobil sotishni rejalashtirmoqda, bu ko‘rsatkichga YU7 krossoveri ham kiradi. O‘tgan yili kompaniya elektromobillari ishtirokidagi ikki avariya ortidan tanqidlar kuchaygan, Xiaomi esa e’tirozlarga javob berayotganini va xaridorlar ishonchini mustahkamlash uchun, jumladan, avtomobil yig‘ish jarayonini jonli efirlarda namoyish etayotganini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!