date

Ob-havo: yanvar o‘rtasida kuchli yomg‘ir, oy oxirida keskin sovuq bo‘ladi

Ob-havo: yanvar o‘rtasida kuchli yomg‘ir, oy oxirida keskin sovuq bo‘ladi

Haftaning ilk kunlarida respublika hududlarida ob-havo nisbatan iliq bo‘lishi kutilmoqda. Sinoptik vaziyatga ko‘ra, 13–14 yanvar kunlari Turkmaniston tomondan kirib kelayotgan issiq havo oqimi ta’sirida ayrim hududlarda bahoriy kayfiyat hukm suradi. Xususan, janubiy viloyatlarda havo harorati +20 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Biroq haftaning o‘rtalaridan boshlab ob-havo keskin o‘zgaradi. Qo‘shni Turkmaniston hududlaridan siklon kirib kelishi natijasida 15–16 yanvar kunlari Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatida juda ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik kuzatilishi taxmin qilinmoqda.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, asosan yomg‘ir shaklida yog‘adigan kuchli yog‘ingarchilik ayrim hududlarda suv to‘planishi, hatto mahalliy suv toshqinlari va suv bosish holatlariga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois aholi va tegishli xizmatlar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi tavsiya etilmoqda.

Yanvar oyining uchinchi o‘n kunligi esa ancha sovuq havo bilan boshlanishi kutilmoqda. Xususan, 21 yanvar kuni respublikaning ko‘plab hududlarida harorat keskin pasayishi prognoz qilinmoqda. 22 yanvardan esa kunduzgi paytlarda ham havo harorati nol darajadan past bo‘lishi mumkin.

Sinoptik ma’lumotlarga ko‘ra, oyning eng sovuq kunlari 25–26 yanvarga to‘g‘ri kelishi ehtimoldan xoli emas. Ayni kunlarda Toshkent shahrida tungi minimal harorat -10 darajadan pastga tushishi taxmin qilinmoqda. Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlarida esa g‘ayritabiiy darajada kuchli sovuqlar kuzatilishi mumkin.

Mutaxassislar aholini ob-havodagi keskin o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishga, ayniqsa, safar va kundalik rejalarni tuzishda ehtiyotkorlikka chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ob-havo: yanvar o‘rtasida kuchli yomg‘ir, oy oxirida keskin sovuq bo‘ladi