16:46 / 12.11.2020
4 704

Deyarli yo‘l yurmagan, ideal holatdagi «Moskvich» sotuvga qo‘yildi (foto)

Deyarli yo‘l yurmagan, ideal holatdagi «Moskvich» sotuvga qo‘yildi (foto)
Foto: «Drom.ru»
«Drom.ru» portalida 1998 yilda ishlab chiqarilgan vaqt kapsulasi — deyarli yo‘l bosmagan «Moskvich» sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Avtomobil 60 kilometrgina yurgan bo‘lib, zavoddagi holatini saqlab qolgan va 970 ming rublga (12,6 ming dollar) baholangan, deb xabar beradi Motor.

Sotuvga qo‘yilgan nusxa original to‘q yashil rangga bo‘yalgan — unda biror-bir yemirilish asoratlari yo‘q. Jigarrang mato bilan qoplangan saloni ajoyib holatda saqlangan. Avtomobilga «VAZ-2106»ning motori o‘rnatilgan: 76 ot kuchiga ega 1,6 litrli benzin agregat besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi.

E’lon muallifining so‘zlariga ko‘ra, ideal holatdagi ushbu «Svyatogor» xususiy kolleksiyadan bo‘lib, 1998 yildan buyon unga bir kishigina egalik qilgan.

Foto: «Drom.ru»
«Moskvich-2141» 1986 yildan 1998 yilga qadar ishlab chiqarilgan, keyinroq «Svyatogor» nomiga o‘zgartirilgan va 2002 yildaga qadar konveyerdan chiqqan. Bu davr oralig‘ida 716,8 mingdan ortiq nusxa yig‘ilgan.

Sotuvga qo‘yilgan «Moskvich-2141»ning modernizatsiya qilingan versiyasi 1997 yilda ishlab chiqarilgan. 1,6 litrli dvigateldan tashqari, modelga 113 ot kuchiga ega 2,0 litrli Renault motori o‘rnatilgan. Shuningdek, 85 ot kuchini taqdim etishga qodir 1,7 litrli «UZAM-3317» agregatli modifikatsiya ham mavjud.

Foto: «Drom.ru»

Foto: «Drom.ru»

Foto: «Drom.ru»

Foto: «Drom.ru»
1990 yillar oxirida avtomatik uzatmalar qutisiga ega ikkita tajriba prototipi ham yaratilgan, biroq «AZLK» rahbariyati bu kabi modifikatsiyani joriy etmaslikka qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Deyarli yo‘l yurmagan, ideal holatdagi «Moskvich» sotuvga qo‘yildi (foto)