
18 yoshli "Barselona" vingeri Lamin Yamalga hip-hop afsonasi Dr. Dre tomonidan noodatiy sovg'a taqdim etildi.
Unga oltin rangli Beats naushniklari va The Chronic debyut albomi plastinkasi sovg'a qilingan. Albom muqovasida Dr.
Dre shunday yozuv qoldirgan: "Men yosh qirolman, xuddi Lamin Yamal kabi." Futbolchining aytishicha, u Dr. Dre va Eminemning qo'shiqlari bilan ulg'aygan va rap musiqasi unga o'yinlardan avval kayfiyatini to'g'ri yo'nalishga solishga yordam beradi.
Endi esa u Dr. Dre'ning shaxsiy sovg'asi bilan yanada ko'proq ilhomlanadi.
Yamalning ushbu sovg'a bilan suratga tushgan posti ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Muxlislar hazillashib, "yosh qirol" endi haqiqiy gangsterga aylanganini ta'kidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar