date

Saudiya Arabistoni 24 ming pokistonlik tilanchini deportatsiya qildi

Saudiya Arabistoni 24 ming pokistonlik tilanchini deportatsiya qildi

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat hududida noqonuniy tilanchilik bilan shug‘ullangan 24 ming nafar Pokiston fuqarosini chiqarib yubordi. Rasmiylarga ko‘ra, ushbu shaxslar Umra va boshqa turdagi vizalar orqali Saudiyaga kirib, keyinchalik uyushgan tilanchilik tarmoqlariga qo‘shilgan.

Xuddi shunday holatlar boshqa davlatlarda ham qayd etilgan. Xususan, BAA 6 ming nafar, Ozarbayjon esa taxminan 2,5 ming pokistonlikni aynan shu sabab bilan ortga qaytargan. Bu holat xalqaro miqyosda jiddiy muammoga aylanayotgani ta’kidlanmoqda.

Pokiston rasmiylarining bildirishicha, tilanchilik ayrim shaxslarning shaxsiy muammosi emas, balki jinoiy guruhlar tomonidan boshqariladigan tizimli faoliyatga aylangan. Bunday tarmoqlar orqali odamlar chet elga yuborilib, noqonuniy daromad manbai sifatida foydalanilmoqda.

Pokiston hukumati bu holat mamlakatning xalqaro obro‘siga jiddiy putur yetkazayotganini tan olgan va bunday holatlarni bartaraf etish uchun qat’iy choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni 24 ming pokistonlik tilanchini deportatsiya qildi