date

Rossiyadan 35 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyadan 35 bola O‘zbekistonga qaytarildi
Rossiyada ota-onasiz qolgan 35 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ularni qaytarish bo‘yicha operatsiyani O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Milliy ijtimoiy himoya agentligi vakillari amalga oshirdi. 9-16 oktyabr kunlari ishchi guruh Sankt-Peterburg, Chelyabinsk va Moskvadan 16 nafar bolani, shuningdek, Yekaterinburg, Volgograd, Ufa, Nijniy Novgorod, Xakasiya, Moskva viloyati, Maxachqala hamda Novosibirskdan 19 nafar bolani qaytarib keldi.

Bolalarga qaytishdan oldin zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadan 35 bola O‘zbekistonga qaytarildi