
Saudiya Arabistoni hukumati 160 km uzunlikdagi futuristik The Line shahrining qurilishini vaqtincha to'xtatdi. Bu loyiha umumiy qiymati 2 trillion AQSh dollari bo'lib, uni atrof-muhitga mos, avtomobillarsiz, oynavand devorlar, uchuvchi taksilar va 9 million aholiga mo'ljallangan utopik megapolis sifatida taqdim etishgan edi. 
Ammo, dastlabki ulkan rejalar faqat bir necha kilometrga qisqarib qoldi. Bunga sabab sifatida neft narxining pasayishi va qurilish xarajatlarining oshib ketishi ko'rsatilmoqda. 
Bu holat Saudiya Arabistonining 2030 yilga mo'ljallangan Vision strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Ushbu strategiya sahro qumlarini yangi texnologiya markaziga aylantirishni va'da qilgan edi. 
Biroq, loyihaning ilk poydevorini qo‘yayotgan ishchilar allaqachon qurilish maydonlarini tark eta boshladilar. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon uchun The Line faqatgina me'moriy loyiha emas, balki neftga qaram bo'lmagan davrga va o‘zining kelajakdagi hukmronligiga bo‘lgan manifest edi. 
Shahzoda qirollik neftga qaram bo‘lmagan holda ham yashay olishini isbotlamoqchi edi. Ammo hatto mutlaq hokimiyatga ega hukmdorlarning ham orzulari chegaralangan – ayniqsa, neft daromadlari kamayganida. 
Kelajak shahri The Line qurilishi to'xtatildi
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar