
AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem X ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilishicha, u Fuqarolik va immigratsiya xizmatlariga Green Card lotereyasi doirasidagi DV1 vizalar dasturini to'xtatish bo'yicha ko'rsatma bergan. Ushbu viza har yili AQShga immigratsiya qilish uchun lotereya orqali g'olib bo'lgan shaxslarga beriladi.
DV1 dasturi orqali har yili 50 ming nafargacha chet ellik shaxs AQShga kiradi. Ushbu dasturda ishtirok etish uchun o'rta ma'lumot yoki ikki yillik kasbiy tajriba talab etiladi.
Kristi Noemning ta'kidlashicha, Brawn universitetining ikki talabasi o'ldirilishida gumon qilingan portugaliyalik Klaudio Manuele Nevesh Valente 2017 yilda ushbu viza asosida AQShga kelgan. Hodisa davomida O'zbekiston fuqarosi Muhammadaziz Umurzoqov halok bo'lgan.
Shuningdek, ushbu viza orqali 2017 yilda AQShga kelgan va Nyu-Yorkda sakkiz kishini qasddan avtomobil bilan urib o'ldirgan o'zbekistonlik Sayfulla Soipov haqida ham eslatib o'tildi. CBS telekanalining qayd etishicha, AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp DV1 turidagi vizalar lotereyasiga uzoq yillardan beri tanqid bilan qarab kelgan.
Trampning so'zlariga ko'ra, bunday vizalar mamlakat xavfsizligiga tahdid soladi. Shu bilan birga, dastur tarafdorlari uni AQSh iqtisodiyoti uchun foydali va mamlakat imijiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, deb hisoblaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.