Garri Keyn futbolni yana necha yil o'ynashini aytdi

Qisqacha
Garri Keyn o'zini futbol cho'qqisida his qilayotganini va kuch-quvvati yana bir necha yil yuqori darajada bo'lishini aytdi. 32 yoshli hujumchi hali uzoq vaqt o'ynay olishiga ishonmoqda, biroq futbolda vaziyatlar tez o'zgarishi mumkinligini ta'kidladi. U joriy mavsumda “Bavariya” safida 24 uchrashuvda 29 gol urib, uchta golli uzatma berdi. Keyn 2023 yildan buyon Myunxen klubida to'p tepmoqda.
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Garri Keyn jismoniy holati va kelajagi haqida fikr bildirdi. Angliyalik forvard faoliyatidagi eng sermahsul mavsumlardan birini o'tkazmoqda: joriy mavsumdagi 24 uchrashuvda 29 gol urdi va jamoadoshlariga uch bor golli uzatma berdi.
“Men 32 yoshdaman. Bu yoshga yetganda odamlar tezlik pasaya boshlaydi, karyera yakuni yaqin, deb o'ylashadi.
Ammo o'zimni cho'qqida his qilyapman. Hatto yugurish ko'rsatkichlarimga qarasangiz ham, bu mavsum avvalgidan kam yugurmayapman.
Hozir kuch-quvvatim eng yuqori pallada, bu holat yana bir necha yil davom etadi. O'ylashimcha, hali uzoq o'ynay olaman, albatta futbolda hamma narsa juda tez o'zgarib ketishi mumkin”, dedi Keyn.
Keyn 2023 yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“Men 32 yoshdaman. Bu yoshga yetganda odamlar tezlik pasaya boshlaydi, karyera yakuni yaqin, deb o'ylashadi.
Ammo o'zimni cho'qqida his qilyapman. Hatto yugurish ko'rsatkichlarimga qarasangiz ham, bu mavsum avvalgidan kam yugurmayapman.
Hozir kuch-quvvatim eng yuqori pallada, bu holat yana bir necha yil davom etadi. O'ylashimcha, hali uzoq o'ynay olaman, albatta futbolda hamma narsa juda tez o'zgarib ketishi mumkin”, dedi Keyn.
Keyn 2023 yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…