
«Galatasaray» hujumchisi Mauro Ikaradining «Milan»ga ehtimoliy transferi amalga oshmay qolishi mumkin. «Rossoneri» qishki transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirgan va 32 yoshli argentinalik futbolchi asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rilgandi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yangilangan ma'lumotiga ko'ra, hozirda tomonlar o'rtasidagi muzokaralar to'xtatib qo'yilgan. Bunga sabab «Milan» rahbariyati barcha e'tiborni «Vest Hem» hujumchisi Niklas Fyullkrugni tarkibga qo'shib olish bo'yicha kelishuvga qaratganidir.
Nemis futbolchisi hozircha klub uchun ustuvor variant bo'lib qolmoqda va transferni yanvar boshidayoq yakunlash rejalashtirilgan. Avvalroq Mauro Ikaradi A Seriyaga qaytishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
U ilgari Italiyada «Inter» va «Sampdoriya» safida to'p surgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.