
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh o'ziga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Portugaliyalik futbolchi ko'pincha o'yin uslubi uchun tanqid qilinadi.
Ayrimlar fikricha, «qizil iblislar» sardori haddan tashqari tavakkal qiladi va shu sabab ortiqcha to'p yo'qotishlariga yo'l qo'yadi. «Agar men aqlliroq bo'lganimda, tavakkalni o'zimga olmasdim.
Bunday qarorlar ba'zan mukofotlanadi, ba'zan esa aksincha bo'ladi. Agar tavakkal qilmasam, hech kim “Bruno yana to'pni yo'qotdi” demaydi, ammo unda men faqat yon tomonga va orqaga pas berishga majbur bo'laman.
Men ehtiyotkor o'ynaydiganlardan emasman, chunki bilamanki, bunday usul jamoaga foyda keltirmaydi. Men tavakkal qilaman, chunki Sheshko va Zirkzee gol urishiga yordam bermoqchiman.
Kunya, Maunt, Mbeumo, Diallo va boshqalarga ham yordam berishni istayman», dedi 31 yoshli futbolchi Rio Ferdinand bilan suhbatda. Fernandesh APLning 2025/26 yilgi mavsumida 16 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.