08:02 / 22.09.2018
4 255

Amerikalik bolakay tengqurlarini qanday boyib ketishga oʻrgatmoqda

Amerikalik bolakay tengqurlarini qanday boyib ketishga oʻrgatmoqda
Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashovchi 13 yoshli Jon Lozonis “Bolakay-trillioner” degan kitobni yozib, nashr ettirdi. Endi shu kitobini sotish orqali boyib ketishga umid bogʻlamoqda.

Kitobida 13 yoshli yozuvchi dunyodagi millionerlar pul topishni qay yoʻsinda boshlaganliklarini tasvirlab bergan. Maslahatlari, kitobda keltirilgan dalillar tengqurlarini ham ota-onasiga vassal boʻlmagan holda mustaqil pul ishlab topishga oʻrgatishidan umid qilmoqda.

Lozonis ilk bor 8 yoshida oʻzining sevimli kafesi uchun sayt ochdi. Shundan keyin tez orada 60 dollar pul ishlab topdi. Shundan keyin bildiki, bola ota-onaga ogʻirligini tushirmasdan oʻzi mustaqil pul ishlab topishi mumkin ekan.

Ilk kitobining har bir donasini Lozonis 10 dollardanga sotmoqda. Oʻzining aytishicha, bir kunda 30 ga yaqin kitob sotadi. Kelgusida u yana koʻplab kitoblarga mualliflik qilishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik bolakay tengqurlarini qanday boyib ketishga oʻrgatmoqda