Muzliklarning erishi ob-havo sharoitlarining ekstremal o‘zgarishini keltirib chiqarishi va butun dunyo bo‘ylab haroratning oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin. Bunday fikrni Kanadaning Makgill universiteti olimlari bildirishdi.
Olimlar davlat va xalqaro tashkilotlarning hozirgi iqlim siyosatidan kelib chiqib iqlim o‘zgarishi ssenariysini modellashtirishdi. Arktika va Antarktidadagi muzliklar maydonlari qisqarishi taxmin qilinmoqda, bu esa 2100 yilga kelib harorat va okeandagi suv oqimlari sirkulyatsiyasi o‘zgarishlariga olib keladi.
“Joriy model doirasida biz sanoatgacha davrdagi darajadan 3-4 daraja isish tomon yo‘nalmoqdamiz, bu sababli okeanlarga Grenlandiya va Antarktida muzliklaridan katta miqdorda erigan suv tushadi. Bizning voqealar rivoji ssenariymizda bu dengiz oqimlari va haroratning o‘zgarishiga olib keladi”, deb aytgan tadqiqotning yetakchi muallifi, Vellingtondagi Qirolicha Viktoriya universitetining Antarktidani o‘rganish markazi professori Nik Gollej.
Modelga ko‘ra, muzliklar erishidan effekt bir xil bo‘lmaydi – erigan suvning Golfstrimga tushishi oqimni sekinlashtiradi, bu esa Arktika, Kanada sharqi va Markaziy Amerikada harorat ko‘tarilishiga, Yevropa shimoli-g‘arbida esa aksincha sovishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi