14:38 / 20.10.2019
1 953

Britaniya bosh vaziri Yevrokengash raisiga Brexit sanasini kechiktirish so‘ralgan maktub yo‘lladi

Britaniya bosh vaziri Yevrokengash raisiga Brexit sanasini kechiktirish so‘ralgan maktub yo‘lladi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Yevrokengash raisi Donald Tuskka Brexit sanasini kechiktirish so‘ralgan maktub yo‘lladi. Bu haqda Tusk 19 oktyabr kuni kechki payt Twitter’dagi sahifasida yozuv qoldirgan, deya xabar beradi «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo nashri.

«Hozirgina Brexit sanasini kechiktirish haqidagi maktubni oldim. Endi Yevroittifoq yetakchilari bilan bu iltimosga qanday munosabat bildirish yuzasidan maslahatlashuvlarni boshlayman», — deyiladi Tuskning xabarida.

Maktubda Brexit uchun oxirgi sana sifatida 2020 yil 31 yanvarni belgilash taklif etilgan. Shu bilan birga, tomonlar tayyor bo‘lgan taqdirda buni ertaroq amalga oshirish imkoniyati ham ko‘rib chiqilishi qo‘shimcha qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya bosh vaziri Yevrokengash raisiga Brexit sanasini kechiktirish so‘ralgan maktub yo‘lladi