Foto: «AP Photo»
Venesuela milliy assambleya deputati Omar Gonsales Puerto-la-Krus ro‘parasida Posuelos buxtasida dengiz qaroqchilari grek bayrog‘i ostida «San-Ramon» kemasiga hujum qilib, uning kapitanini o‘ldirganini OAVga ma’lum qildi.
Port joylashgan Ansoategi shtati deputati Gonsalesning ta’kidlashicha, bu mazkur hududda dengiz qaroqchilarining yuk kemasiga birinchi hujumi hisoblanadi. Ilgari asosan kichik sayyohlik kemasi va yaxtalar hujumga duchor bo‘lgan.
24 fevral kechasi olti nafar qurolli jinoyatchi tezyurar qayiqda turgan kemaga yaqinlashgan va alpinistlar aslaha-anjomlari yordamida bortga chiqib olishgan. Kema ekipaji — Kolumbiya fuqarosi bo‘lgan kapitandan tashqari yana yetti nafar kolumbiyalik, ikki nafar venesuelalik va kubalik asir olingan.
«Mish-mishlarga qaraganda kema seyfida 36 ming dollarcha katta pul mablag‘i bo‘lgan. Dengiz qaroqchilari ekipajni asir olishgach, kapitandan pullar qayerda saqlanishini qayta-qayta so‘rashgan. Oxirida boshiga qarata o‘q uzishgan», — deydi deputat kema egasi advokati ma’lumotlariga tayanib. Deputatning so‘zlarini «Semana» nashri keltirgan.
Uning aytishicha, o‘g‘irlik paytida kemada bo‘lgan sohil xavfsizlik xodimi yaralangan, yana bir ekipaj a’zosi, elektr ustasi hujum vaqtida kemadan sakragan va haligicha topilgani yo‘q.
«San-Ramon» 65 kundan beri Puerto-la-Krusda turibdi, hukumat kontrabanda gumoni bilan uni to‘xtatgan, biroq hujum vaqtida kemaning ketish uchun hujjati bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi