Foto: AP Photo / Ghaith Alsayed
Turkiya prezidentining maslahatchisi, xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha prezident qo‘mitasi a’zosi Mesut Haqqi mamlakat Rossiya bilan urushga tayyorligini ma’lum qildi. U bu haqda A Haber telekanali efirida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriya, Iroq, kurdlar yoki arablarning dushmani emas.
«Biz ular bilan og‘a-inimiz. Biz aka ukani o‘ldirmasligi uchun shu yerdamiz», — dedi u. Haqqi Moskva noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotgani va Anqaraning ishonchini yo‘qotganini qo‘shib qo‘ydi.
Maslahatchi 25 million nafar musulmon yashaydigan Rossiya «ichidan tilka-pora bo‘lishi»ni aytdi.
«O‘tmishda biz Rossiya bilan 15 marta jang qilganmiz, buni yana qilamiz, qasosimiz dahshatli bo‘ladi», — dedi u.
Erdoğan's adviser Mesut Hakkı Caşın said Russia, where there are 25 Mn Muslims, will be dismembered from within. "We fought #Russia 16 times in the past, we will do it again, our vengeance will be quite terrible," he said. pic.twitter.com/n75eZ776D9
— Ahval (@ahval_en) February 27, 2020
Haqqi Suriyaning Idlib viloyatida 27 fevral kuni 33 nafar turk harbiysining halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotga ana shunday munosabat bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi