12:26 / 19.05.2020
2 834

Yaponiyalik erkak ko‘chadan kuchukcha topib oldi va uyiga olib keldi. Jonivor aslida tulki bo‘lib chiqdi

Yaponiyalik erkak ko‘chadan kuchukcha topib oldi va uyiga olib keldi. Jonivor aslida tulki bo‘lib chiqdi
Yaponiyada yashovchi erkak it deb o‘ylab boqib olgani aslida tulki bolasi bo‘lib chiqdi, deb yozadi «Daryo.uz».

Marsi ismli erkak trassada it bolasini ko‘rib qoldi va uni uyiga olib ketdi. U it yo‘qolib qolgan bo‘lsa, uni topish oson bo‘lishi uchun jonivorning rasmini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Luna laqabli kuchukchaning aslida tulki ekanligini ma’lum qildi. Erkak jonivorni veterinarga olib bordi va u ham bu ma’lumotni tasdiqladi.

Yaponiyalik Lunaga g‘amxo‘rlik qilishda davom etdi, biroq keyin uni maxsus fermaga topshirishiga to‘g‘ri keldi. Chunki Yaponiyada uyda tulki boqish taqiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik erkak ko‘chadan kuchukcha topib oldi va uyiga olib keldi. Jonivor aslida tulki bo‘lib chiqdi