2 239
Kosachyov AQSHdagi namoyishlarga Rossiya aloqadorligi haqidagi so‘zlarni yolg‘on deb atadi
AQSHda norozilik namoyishlarini uyushtirganlikda Rossiyani ayblash, ham doimgidek, soxta xabarlarga asoslangan yana bir Rossiyaga qarshi kampaniyaning bir qismi bo‘lishi mumkin, dedi Rossiya Federatsiya Kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachyov.
AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Syuzan Rays ilgariroq AQSHdagi noroziliklar ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Rays biron bir isbot yoki aniq dalil keltirmadi.
“Amalga oshdi. Amerikaning soxta xabarlar mashinasi uzoq kutilgan harakatlarga yog‘sirab g‘ichirlab, shang‘illab kirishdi”, - deb yozdi Kosachyov feysbukda.
“Bu juda kulgili bo‘lgan bo‘lar edi. Biroq bu juda qayg‘uli bo‘ladi, chunki qarg‘alar uchishidan oldin birinchi qaldirg‘och bo‘lishi mumkin”, - dedi senator.
Parlament a’zosining so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Vashington ongiga "bu safar Amerika shaharlarida sodir bo‘layotgan barcha dahshatlar yetib boradi – jabrlanayotganlarning barchasiga va bo‘lajaklariga samimiy hamdardlik so‘zlari, hamda, milliy fojia ustidan siyosiy o‘yinlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun oddiygina o‘zini o‘zi asrash instinkti yetarlicha bo‘lishiga ishonch bildirgan.
Kosachyov, shuningdek, Raysning bayonoti to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqorat ekanini ta’kidladi – bu nafaqat bu holatda umuman aralashmagan Rossiyaga, balki o‘z halqi va AQSH fuqarosi Jorj Floydning xotirasiga nisbatan haqoratdir.
Afro-amerikalik Jorj Floyd politsiya qo‘lidan halok bo‘lganidan keyin Minneapolis va boshqa bir qator shaharlarda tartibsizliklar avj oldi. Internetda politsiyachilar Floydni kishanlab, uni yiqitib, uchtasi uning ustiga chiqib olgani, ulardan biri esa tomog‘ini tizzasi bilan ezib turgani tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi.
Videoda Floyd bir necha bor nafas ololmayotganini aytadi, so‘ngra tinchlanib qoladi. U jonlantirish bo‘limida vafot etdi. Tartibsizliklar boshlanganidan keyin to‘rt nafar politsiyachi ishdan bo‘shatildi, ulardan biri ehtiyotsizlik natijasida odam o‘ldirishda ayblanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”