O‘zbekiston Superligasi 6-tur doirasida o‘tkazilgan OKMK - "Nasaf" (3:4) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Mazmunli o‘yin guvohi bo‘ldik. "Nasaf" to‘p bilan juda yaxshi o‘ynaydigan jamoa. Yigitlarga qarshi hujumda gol o‘tkazib yubormaslikka harakat qilishimiz kerakligini aytgandim. Raqibimiz g‘alabaga loyiq edi va yakunda g‘alaba qozondi. Hisob 4:1 bo‘lishiga qaramay, yigitlar kurashishda davom etishdi va bu o‘z mevasini berdi. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Bugun muxlislarimiz qarshisida "Nasaf"ni mag‘lub etishni istagandik, ammo bunday bo‘lmadi. Muxlislardan uzr so‘rayman.
- Ikki jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish etdi. Bugungi uchrashuvdagi himoyachilarga e’tirozingiz bormi? Bir uchrashuvda 4ta gol o‘tkazib yuborish yaxshi emas.
- Albatta, himoyadagi xatolarimizni tahlil qilib chiqqan edik. "Nasaf" jamoasi ikkita uchta pas orqali qarshi hujumga o‘tib keta oladi. Yaponiya OTJsi ham bizga shunday gol urib ketdi. E’tirozlar bo‘lishi aniq. Islom To‘xtaxo‘jayevda jarohat bor edi. Bunday uchrashuvlar bo‘lib turadi. Meni xursand qilayotgan bir jihat, biz o‘yin so‘ngiga qadar kurashdik. Kurashishda va mehnat qilishdi davom etsak, natija albatta keladi.
- Siz OKMKga kelganingizdan so‘ng jamoa chempionlik ruhiga ega bo‘ldi va Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdi. Lekin so‘ngi ikki mavsumda jamoa o‘sishdan to‘xtab qolgandek tuyulmoqda. Jamoaga qandaydir yangilik kiritish vaqti kelmadimi?
- Biz hozir almashinuv davridamiz. Rahbarimiz Abdulla Hursanovga minnatdorchilik bildiraman, Abdulla aka mening iltimoslarimga e’tibor bermoqda. Biz akademiya qurish maqsadidamiz. Klubning akademiyasi qanchalik kuchli bo‘lsa, asosiy jamoa ham kuchli va raqobatdosh bo‘ladi. Yangi mavsumda 7-8 ta tajribali futbolchilar jamoamizni tark etdi va hozirgi kunda yoshlarga imkoniyat bermoqdamiz. Lekin asosiy tarkibni yosh futbolchilar bilan to‘ldirsam, jamoaning natijalari yomonlashadi. Natijaga esa murabbiy javobgar. Yana Mirjalol aybdor bo‘lib qoladi.
Bunday jarayonlarni yo‘lga qo‘yish oson emas. Klubda hech kim abadiy emas, men ham qachondir ketaman. Lekin akademiya, tizim va infratuzilma qoladi. Klub uchun poydevor bo‘ladi. Shu akademiya orqali bitta futbolchi terma jamoa darajasiga chiqa olsa, mehnatlarimiz o‘z mevasini bergan bo‘ladi. Nasib qilsa, rejalarimiz amalga oshadi. 2017/2018 mavsumdagi "Bunyodkor" kabi yosh futbolchilar bilan sifatli o‘yin namoyish etishni maqsad qilganmiz, ammo bu bir kunda bo‘lib qoladigan jarayon emas. Barchasiga vaqt kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi