22:16 / 07.05.2024
235

Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi

Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi
Foto: news.myseldon.com
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Rossiyada o‘tkaziladigan harbiy paradda ishtirok etish uchun 7 may kuni Moskvaga keldi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Kuba rahbarlari ikki tomonlama aloqalarning butun spektrini muhokama qilishni rejalashtirishgan. Shuningdek, rahbarlar 9 may kuni Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida birgalikda ishtirok etishi ma’lum qilingan.

Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, shuningdek, tantanali tadbirlarda ishtirok etganidan so‘ng Dias-Kanel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishini ma’lum qilgan. Muzokaralar aynan nima borasida borishi ma’lum qilinmagan.

Muzokaralar ikki raundda amalga oshirilishi aytilgan. Birinchi qismda rahbarlar yuzma-yuz muloqot qiladi. Keyingi bosqichda esa davlat delegatsiyalari ishtiroki ko‘zda tutilgan.

Dias-Kanel Moskvaga kelishidan oldin Putinning qayta saylanishi ortidan ikki tomonlama kun tartibidagi ustuvor masalalarni muhokama qilish niyati borligi haqida ma’lum qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Kuba delegatsiyasi rahbari sifatida prezident Yevrosiyo Iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi