19:13 / 05.05.2024
437

Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»

Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Ukrainada urushning 801-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
  • Rossiya mudofaa vazirligi Qrim uzra ATACMS rusumli to‘rtta raketa urib tushirilganini ma’lum qildi.
  • Xarkivda dronlar hujumi oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi.
  • Dnipropetrovsk oblastida dronlar kritik infratuzilma obyektlariga hujum qildi, ikki kishi jarohatlangan.
  • Belgorodda portlash oqibatida besh kishi jarohatlandi, region gubernatori buning sababini aytmagan.
  • Rossiya IIV saytida Volodimir Zelenskiy va Petro Poroshenko qidiruvga berilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi.
  • Karpatorti oblastida harbiy komissariat xodimlari mahalliy aholi vakillari qishloqdoshlarining safarbar qilinishiga qarshi uyushtirgan namoyishi vaqtida bir necha bor havoga o‘q uzdi.
  • Ukraina rossiyalik va belruslik eshkakchilarni Olimpiada saralashidan chetlatishni talab qildi.

Kun kadri. Lvivda Pasxa ibodatidan keyin

Lviv markazidagi cherkovlardan birining qavmi a’zolari (ulardan biri Ukraina qurolli kuchlari harbiysi) pasxa ibodatidan keyin ibodatxonani tark etmoqda. Cherkov binosi Rossiya armiyasining shaharga hujumi vaqtida shikastlanmasligi uchun o‘rab qo‘yilgan.
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv o‘qqa tutilishidan keyin chiqqan yong‘in

Rossiya armiyasining Xarkivga 4 mayga o‘tar kechasi qilgan hujumidan keyin shaharning Industrial rayonidagi sanoat korxonalaridan birida (oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, fuqarolik obyekti) yong‘in chiqqan. Kamida to‘rt kishi jarohatlangan. Va bu o‘sha kuni Xarkiv navbatdagi marta o‘qqa tutilishi edi.

O‘t o‘chiruvchi Rossiya zarbasidan keyin yonib ketgan korxona hududida ishlamoqda. Xarkiv rasmiylariga ko‘ra, yong‘in obyektga urib tushirilgan «Geran-2» kamikadze droni tushishi oqibatida yuzaga kelgan — RF qurolli kuchlarida eronliklar ishlab chiqargan Shahed 136 dronlarini shunday atashadi.
Pavlo Pakhomenko / NurPhoto / Getty Images


4 may kuni Xarkivdagi pabliklar xabar berishicha, korxona hududida kamida uch ming kvadrat metr maydonni yong‘in qamrab olgan
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA


Ukrain rasmiylariga ko‘ra, Xarkivga 4 mayga o‘tar kechasi kamida 13 ta «Geran» bilan hujum qilingan — va ularning barchasi shahardagi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganiga qaramay, parchalar tushishi bir necha joyda yong‘inlar keltirib chiqargan hamda tinch aholi orasida qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lishiga olib kelgan
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA


Xarkiv so‘nggi oylar davomida RF qurolli kuchlari tomonidan yoppasiga o‘qqa tutilmoqda. 5 mayga o‘tar kechasi ham rossiyaliklar droni shaharga yana bir bor hujum qilgan
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA


Fotoda — 4 mayga o‘tar kechasi urib tushirilgan dron qulagan uyda yong‘inga qarshi kurashayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlari jangchilari va «Vampir» dronlari

Dronlar urushi — Rossiya va Ukraina armiyalari qarama-qarshiligidagi muhim frontlardan biri sanaladi. Intensiv harbiy harakatlarning ikki yildan oshiq vaqti davomida ikki tomon ham dronlarning zamonaviy mojarolardagi ahamiyatini anglagan holda pilotsiz uchish qurilmalari texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish maqsadlariga katta resurslar sarflamoqda. Ayniqsa Ukraina qurolli kuchlari uchun dronlar o‘ta muhim: Amerikaning yangi harbiy yordami hali frontga yetib bormagan sharoitda dronlar RF qurolli kuchlarining hujumini to‘xtatib turish hamda boshqa resurslar taqchilligini bilintirmay, texnikalar va jonli kuchlarga zarba berish imkoniyatini taqdim etadi.

Ukraina qurolli kuchlari qo‘llayotgan samarali dronlardan biri — Vampire. Dronlar orasidagi haqiqiy «bombardimonchi» sanalgan ushbu qurilma yirik qishloq xo‘jalik dronlari texnologiyasi bazasida yaratilgan. Bunday dron 10 kilogrammdan ortiq foydali yuk olib yurishi mumkin (masalan, tankka qarshi bir nechta mina tashlashi yoki o‘nlab granatalar uloqtirishi mumkin; shuningdek, oldingi chiziqdagi jangchilarga zarur mahsulotlar va dori-darmonlar eltib beradi) va teplovizorlar hisobiga tunda ham ishlaydi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA


Fotoda 92-alohida shturm brigadasi «Axilles» batalyoni jangchisi Donetsk oblasti sharqida «Vampir» dronlardan birining sinov parvozini o‘tkazmoqda. «Axilles» — pilotsiz aviatsiyaning ixtisoslashgan batalyoni bo‘lib, shu nomli rotadan o‘sib chiqqan. RF qurolli kuchlari pozitsiyalarida samarali razvedka ishlari olib borish va zarbalar yo‘llash uchun Ukraina qurolli kuchlari saflarida bunday tuzilmalar soni ortib bormoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA


Vampire dronlari ko‘pincha nisbatan kichik dronlar bilan aloqa retranslyatori vazifasini ham bajarib, bunday dronlar orqali kattaroq masofadagi nishonlarga zarbalar berilishini ta’minlaydi. Rossiya harbiylari bunday apparatlarni «Baba-yaga» deb ataydi — bu orqali ularning yuqori samaradorligini e’tirof etishadi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA


Fotoda «Axilles» jangchilari 1 mayga o‘tar kechasi Chasiv Yar shahri yaqinida missiyani muvaffaqiyatli bajarib qaytgan «Vampir»ni kutib olishi aks etgan. Rossiya armiyasi so‘nggi haftalar davomida Chasiv Yarni shturm qilishga tayyorlanmoqda — shundan keyin 2022 yil yozidan buyon eng yirik qarshi hujumini boshlashi mumkin
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA


Manba: Kun.uz Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»