00:13 / 08.05.2024
195

Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”

Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”
Foto: prabook.com
Isroil Tashqi ishlar vazirligi sobiq bosh direktori Alon Liel Isroil Rafah operatsiyasini tugallamaguncha, G‘azodagi urushni to‘xtatmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Isroil oqibati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Rafah operatsiyasini amalga oshirishni maqsad qilgan. Xalqaro hamjamiyatning keskin talablari ham Tel-Avivni bu qaroridan qaytara olmasligi mumkin.

Isroil urushni yakunlamaydi. Vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish sharti bilan garovga olinganlarni almashish borasida ham hech qanday kelishuv bo‘lmaydi. Isroil hukumati bunday bitimni imzolash uchun yetarli darajada kuchga ega emas. Agar kelishuvni imzolasa, Isroil qulaydi”, — degan Alon Liel Al Jazeera nashriga bergan intervyusida.

Isroil rasmiysiga ko‘ra, agar kelishuv bandlariga Isroil manfaatlariga mos keluvchi ayrim bandlar kiritilsa va HAMAS bunga qarshi chiqmasa, bitimga erishish mumkin. Isroil HAMASning kelishuvni qabul qilish qarorini Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyiha sifatida emas, balki shunchaki HAMAS taklifi deb biladi. Bundan bir tomonlama taklifni esa Isroil qabul qilishga tayyor emas.

Sobiq diplomat bu Xolokost kuni ekanligini va AQSH hukumati Isroilga bosim o‘tkazmasligini ta’kidladi. “Agar Isroil (kelishuvni) qabul qilmasa, amerikaliklar, ayniqsa, bunday kunda oldinga intilishmaydi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”