Abbosbek Fayzullayev SSKAning asosiy figuralaridan biri hisoblanadi. Rossiya Premer-ligasining navbatdagi turida 20 yoshli hujumkor futbolchimiz “Rubin” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining durang natijasiga hissa qo‘shdi.
Abbosbek o‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Rossiya Premer-ligasidagi o‘zbekistonlik o‘yinchilar bilan munosabat haqida
- Biz O‘zbekistonda bo‘lganimizda xabarlashib turamiz. Ba’zan vaqt topib, maydondan tashqarida ham ko‘rishamiz. Lekin ko‘pincha bunga vaqt yetishmaydi.
SSKAning musobaqa jadvalidagi o‘rni haqida
- Sakkizinchi pog‘ona – SSKA loyiq bo‘lmagan joy. SSKA kuchli uchlikda bo‘lishi kerak.
Tanqidga munosabat haqida
- Men klub va yurtimiz federatsiyasi o‘rtasidagi kelishuvni hurmat qilaman. “Spartak” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborish men uchun ham og‘ir bo‘ldi. O‘zim o‘ynashni istagandim, lekin klub va federatsiya o‘rtasidagi kelishuv bor edi va vaziyat shuni taqozo etdi.
Tanqidlarga xotirjam yondashaman. “Spartak” bilan o‘yin oldidan diskvalifikatsiyaga uchrashimni atayin qilmaganimni men ham, jamoa ham bilamiz. O‘sha payt qarshi hujum uyushtirildi va qaror qabul qilish uchun bir lahza bor edi xolos. Shunaqa bo‘lib qoldi. Kartochka olganimdan afsuslandim.
Qo‘ldan chiqarilgan g‘alabalar haqida
- So‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar psixologik jihatdan ham ta’sir qiladi. Har bir uchrashuvda maydonga yutish uchun tushamiz va oxirigacha kurashamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi