Foto Sergeya Fadeicheva / TASS
«Gazprom» 2020 yil yakunlariga ko‘ra o‘z aksionerlariga 360,784 mlrd rubl dividend to‘ladi. Bu mablag‘ning katta qismi konvertatsiya qilinishi kutilmoqda.
Juma kuni Moskva birjasida dollar kursi 74 rubldan yuqori ko‘tarildi, bu 14 maydan beri birinchi marta yuz berdi. Yevro esa 87 rubldan oshdi. Yevropa valyutasi mart oxiridan buyon bunchalik qimmatlamagandi.
Rossiya valyutasining kuchsizlanishi «Gazprom»ning investorlari hisobiga kelib tushgan dividendlarning konvertatsiya qilinishi bilan izohlanmoqda.
«Gazprom» 2020 yil yakunlariga ko‘ra o‘z aksionerlariga 360,784 mlrd rubl dividend to‘ladi.
«Renessans Kapital» kompaniyasining aksiyalar bozorida ishlash bo‘yicha boshqarmasi direktori Maksim Orlovskiyning so‘zlariga ko‘ra, minoritar aksiyadorlar olgan 2,3 mlrd dollardan 1,5-2 mlrd dollari konvertatsiya qilinishi mumkin.
O‘tgan haftada «Lukoyl» ham rekord miqdorda dividend to‘ladi – dollarga aylantirganda 3,3 mlrd atrofida.
«Bu summaning katta qismi valyuta bozriga chiqdi», — deydi Orlovskiy.
Gazprombankning strategiya markazi boshlig‘i Yegor Susin «Gazprom» dividendlari to‘lanishi va ularning konvertatsiya qilinishidan tashqari, Turkiyaga yo‘l ochilishi ham rubl kursiga ta’sir ko‘rsatdi degan fikrda.
«Odamlar Turkiyada dam olishga otlanmoqda, buning uchun valyutani konvertatsiya qilishmoqda, bu qisqa muddat ichida sodir bo‘layotgani uchun aholining valyutaga bo‘lgan talabi rubl kursiga ta’sir ko‘rsatmoqda», — deydi Susin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi