11:33 / 27.09.2020
5 082

Chaqqon toshbaqa kuchukni ta’qib etdi va deyarli g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (video)

Chaqqon toshbaqa kuchukni ta’qib etdi va deyarli g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (video)
Foto: «wallpic.net»
Britaniyaning Chester shahrida tezkor toshbaqa kavapa zotiga mansub kuchukni ta’qib etgan video nafaqat hayvonlar egasini egasini, balki internet foydalanuvchilarini ham hayratga soldi, deb yozadi Esquire.

Toshbaqa egasi Elison Eytning so‘zlariga ko‘ra, u bir hafta mobaynida kavapa kuchugiga g‘amxo‘rlik qilgan, ammo uning Tuk ismli toshbaqasi ushbu to‘rt oyoqli hayvonni yoqtirmagan. «Avval ham Tukning harakati chaqqonligini bilar edim, lekin bu darajada tez harakatlanishini ko‘rmaganman», − deydi britaniyalik ayol.

Ayolning aytishicha, toshbaqa 20 yil avval Marokashdagi ko‘cha bozoridan sotib olinib, Angliyaga olib kelingan. Tuk juda yoqimli va mehribon hayvon, u o‘zi yoqtiradigan odamlarni darrov taniydi.

Ma’lum bo‘lishicha, avval Elisonning Eddi ismli iti toshbaqa bilan juda yaxshi kelishgan. Elisonning taxminiga ko‘ra, Tuk hamon Eddini sog‘inadi va uning o‘rnini hech kim bosa olmasligiga ishonchi komil.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chaqqon toshbaqa kuchukni ta’qib etdi va deyarli g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (video)