Dunyoning 60dan ortiq mamlakati va hukumati rahbarlari Nyu-Yorkda "Tabiatga va’da" deb nomlangan bayonotni imzolashdi. Ushbu hujjat bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
"Ushbu va’dani bajarish bilan biz sayyorani inqirozdan olib chiqishda so‘zdan amaliy ishga o‘tish majburiyatini va birgalikdagi mas’uliyatni zimmamizga olamiz", - deyiladi bayonotda.
Hujjatda jumladan, brakonerlikka chek qo‘yish va 2050 yilga kelib dunyo okeaniga plastik chiqindilar tushishiga barham berish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.
"Bioxilma-xillik bizning sug‘urtamiz hisoblanadi, u bizga toza havo va suv, ovqat, biomateriallar va kiyim beradi. U ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashadi va yashashimizni ta’minlaydi", - dedi Gremaniya atrof-muhitni himoya qilish va yadroviy xavfsizlik vaziri Svenya Shulse.
Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining (WWF) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan 50 yil ichida hayvonot olamining uchdan ikki qismi vakili insoniyat tomonidan yo‘q qilingan. Hisobotda aytilishicha, 1970 yildan buyon umurtqalilar soni 68 foizga kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi