Foto: Reuters
Ozarboyjon va Armaniston 10 oktabr kuni soat 12:00dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Moskvada Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari Jayxun Bayramov va Zograb Mnatsakanyan o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha otashkesim to‘g‘risida bitim imzolandi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov vositachiligida ularning uchrashuvi yopiq shaklda bo‘lib o‘tdi va o‘n soatdan ko‘proq davom etdi. Uchrashuv shanba kuni kechki soatlarda yakuniga yetdi.
"Tomonlar quyidagi qadamlar to‘g‘risida kelishib oldi:
1) Harbiy asirlarni va ushlab turilgan boshqa shaxslarni hamda halok bo‘lganlarning jasadlarini almashtirish va Xalqaro qizil xoch mezonlariga muvofiq gumanitar maqsadlarda 2020 yil 10 oktabr soat 12:00dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinadi;
2) Otashkesim tartibining o‘ziga xos parametrlari qo‘shimcha ravishda kelishiladi;
3) Ozarboyjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi YEXHT Minsk guruhi hamraislari vositachiligida, kelishuvning asosiy tamoyillari asosida, iloji boricha tezroq tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish maqsadida muzokaralarni boshlaydi;
4) Tomonlar muzokara jarayoni shaklining o‘zgarmasligini tasdiqlaydilar", - deyiladi Sergey Lavrov tomonidan uch tomonlama maslahatlashuvlar natijalari bo‘yicha o‘qib eshittirilgan bayonotda.
Tog‘li Qorabog‘dagi urush 27 sentabrda boshlandi. Ozarboyjon va Armaniston qo‘shinlari o‘rtasida janglar frontning bir nechta qismida olib borilmoqda. Dronlar, artilleriya, og‘ir texnika va raketa tizimlaridan foydalanildi. Frontning ikkala tomonidan ham tinch aholi o‘qqa tutildi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi