10:45 / 21.04.2021
2 629

Koronavirusni o‘ta og‘ir kechishini oldindan aniqlash belgisi topildi


Italiya va Avstraliyalik bir guruh olimlar koronavirus og‘ir kechishi va o‘lim bilan tugashiga sabab bo‘ladigan omilni topishdi.

Olimlar 2020 yilning yanvar oyidan boshlab dekabr oyiga qadar 5617 nafar bemorlarda olib borgan kuzatuvlari natijasida 19ta ilmiy ish yozishgan. Barcha tadqiqotlar natijasi umumlashtirilganda, COVID-19 og‘ir kechish yoki o‘lim bilan tugagan bemorlarda zardobli amiloid A (serum amyloid A) yoki SAA miqdori keskin ko‘payishi kuzatilgan.

Olimlar aytishiga qaraganda, kasallik yengil kechgan bemorlarga nisbatan ushbu bemorlarda birinchi 24-48 soat ichida SAA miqdori 1000 barobar oshib ketishi kuzatilgan. Professor Arduino Mangoni (Arduino A. Mangoni), aytishiga qaraganda zardobli amiloid A jigarda paydo bo‘ladi va sog‘lom kishi qon zardobida uning miqdori 20-50 mg/l bo‘ladi. Kasallikning birinchi va o‘tkir bosqichida, tana harorati oshishi va boshqa gormonal o‘zgarishlar qatorida SAA miqdori ham oshadi.

Yuqorida o‘tkazilgan ilmiy ish xulosalarning asosiy foydasi shundaki – SAA miqdori ko‘rsatgichi orqali, COVID-19 og‘ir kechishini oldindan aniqlab davolash muolajalarini tezroq va aniqroq belgilash mumkin, — deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun bugungi kunda yurtimizda koronavirus aniqlangan holatlari 87225 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 2053 nafari tibbiy muassaslarga joylashtirilgan. Ular orasida 238 nafar bemor og‘ir ahvolda, 109 nafar esa — o‘ta og‘ir ahvolda. Bugunga qadar O‘zbekiston bo‘yicha kasallikdan 639 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusni o‘ta og‘ir kechishini oldindan aniqlash belgisi topildi