21:45 / 25.06.2019
3 637

Nima uchun har kuni yetarli miqdorda yog‘ iste’mol qilish muhim?

Nima uchun har kuni yetarli miqdorda yog‘ iste’mol qilish muhim?
Foto: Depositphotos
Organizmimiz – tartibga solingan mexanizm. U o‘ziga zarur narsani doimo biladi. Agar ratsionda sizga biror nima yetishmasa, u buni albatta ko‘rsatadi.

Yog‘larning ayollar uchun foydasi
Ko‘pchilik hozir ham yog‘ni ratsiondan chiqarib tashlash zarur deb hisoblashadi, axir aynan u semirishga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq bu fikr to‘g‘ri emas.

Yog‘lar boshqa elementlar kabi organizm uchun zarur. Takprosto.cc tahririyati organizmda yog‘ yetishmasligini ko‘rsatadigan 10 ta asosiy belgilarni tayyorladi.

Yog‘ yetishmovchiligining belgilari

Doimiy ochlik hissi
Aynan yog‘lar ochlik hissini nazoratda ushlashda yordam beradi. Uning o‘rtacha miqdori kelasi safar ortiqcha yeb yubormaslikda yordam beradigan yoqimli to‘qlikni his etishda qo‘l keladi.

Ko‘pchilik o‘zini ochlik bilan qiynab, keyin chiday olmaganidan ortiqcha ovqat iste’mol qilgani uchun oza olishmaydi. Keyinchalik sikl har safar takrorlanaveradi. Yog‘larning organizm uchun foydasi shundaki, u qondagi glyukoza miqdorini ushlab turadi, bu esa ozishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Hatto oz miqdordagi yog‘ ham sizga ovqatni kamroq iste’mol qilishda yordam beradi.

Rangsiz, quruq teri
Sog‘lom odamning yuzi sog‘lom yaltirab turishi kerak. Quruq teri organizmga foydali yog‘lar yetishmayotganini bildiradi. Ratsioningizga biroz yong‘oq, baliq moyi va avokadoni kiriting. Bir haftadan keyin g‘aroyib natijaga guvoh bo‘lasiz.

Kuchsiz tirnoq va sochlar
Bu muammo ayollar uchun, ayniqsa, qo‘rqinchli. Axir aynan chiroyli soch va tirnoqlar o‘zimizni go‘zal va jozibador his etishda yordam beradi.

Ratsiondan yog‘larni butunlay chiqarib tashlaydigan parhezlardan ehtiyot bo‘ling. Bunday parhez yordamida ozish mushkul, sochlar va tirnoqlar go‘zalligini esa bir necha haftada yo‘qotish mumkin.

Sovqotish hissi
Hatto jaziramada ham sovqotyapsizmi – xavotirlaning. Bunday belgi issiqlik almashinuvingiz jiddiy buzilganini bildiradi. Axir aynan yog‘lar organizmdagi issiqlikni ushlab turishda yordam beradi.

Tezda charchash
Agar tezda charchab qolsangiz, ertalabdan holsiz yursangiz, qoningizdagi glyukoza darajasi doimiy o‘zgarishini anglatadi. Aynan yog‘lar glyukozaning barqaror darajasini saqlashda yordam beradi.

Xotiraning yomonlashuvi
Hamma narsani unutib qo‘yyapsizmi? Kuniga qancha yog‘ iste’mol qilishingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Miyamiz faoliyati ko‘pincha ovqatdan olinadigan yog‘lar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘ miqdori past bo‘lgan parhez tufayli nafaqat xotira, balki e’tiborni jamlash ham yomonlashadi.

G‘azablanish va depressiya
Ilgari umuman ishingiz bo‘lmagan narsalar sizni achchiqlantirishni boshladimi? Ko‘pincha sababsiz siqilasiz va xafa bo‘lasizmi? Buning sababi, albatta, zo‘riqish, uyquning yetishmasligi va hayotdagi tartibsizliklar tufayli bo‘lishi mumkin. Biroq ko‘pincha bu kabi belgilar yomon ovqatlanish tufayli paydo bo‘ladi.

Odam uchun yog‘larning foydasi bir necha jihatlar to‘plamida namoyon bo‘ladi. Yog‘larsiz organizmimiz va ruhiyatimiz noto‘g‘ri ishlashni boshlaydi.

Ko‘rish qobiliyatining yomonlashuvi
Ko‘rish qobiliyati yo‘qotilishining eng keng tarqalgan sababi makulyar degeneratsiya paydo bo‘lishining oldini olish uchun har kuni omega-3 ichish kerak. Baliq moyi nafaqat tirnoq, soch va terini yaxshi holatda ushlab turadi, balki o‘tkir ko‘rish qobiliyatini ham saqlaydi.

Bo‘g‘imlardagi og‘riqlar
Bu belgi artrit rivojlanishining ilk qadami bo‘lishi mumkin. Ehtimol bu nom sizni qo‘rqitmas, biroq u hayot sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradigan yoqimsiz kasallik.

Foydali yog‘larni iste’mol qilish artritning a’lo profilaktikasi bo‘ladi. Bunday yog‘lar zaytun, kokos moylari, sardina, tunets balig‘i va yong‘oqlarda bo‘ladi.

Organizmimiz juda aqlli va to‘g‘ri tashkillashtirilgan. Foydali moddalarning yetishmasligi juda aniq namoyon bo‘ladi. Eng muhim – bu belgilarni o‘z vaqtida sezish. Organizmingizga quloq soling va uning holatiga e’tibor bering. Ana o‘shanda go‘zal va sog‘lom bo‘lasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun har kuni yetarli miqdorda yog‘ iste’mol qilish muhim?