Zamonaviy hayotning tezkorligi va axborot oqimi kattalar bilan birga bolalarga ham ta’sir qilmoqda. Asabiylik, xavotir, o‘ziga ishonmaslik — maktab yoshidagi ko‘plab bolalarda uchraydigan holatlar. Bu holatni vaqtida bartaraf etmaslik, keyinchalik ularning ta’limi, do‘stlar bilan munosabati va umumiy hayot sifatini pasaytiradi.
Asabiylikni kamaytirishda quyidagi usullar samarali hisoblanadi:
- Rejali kun tartibi — Bolada barqaror kun tartibi xavotirni kamaytiradi, chunki u qaysi paytda nima bo‘lishini oldindan biladi.
- Jismoniy faollik — Yugurish, suzish, raqs kabi faoliyatlar stress gormonlarini yo‘qotishga yordam beradi.
- Tabiat bag‘rida vaqt o‘tkazish — Havosi toza joydagi sayr bolaning tinchlanishiga yordam beradi.
- Ijodiy faoliyat — Rasm chizish, musiqa chalish yoki qo‘shiq aytish his-tuyg‘ularni ifodalashga yordam beradi.
- Tinchlantiruvchi nafas mashqlari — 3-4 marta chuqur nafas olish va chiqarish asab tizimini barqaror qiladi.
- Gadjet vaqtini cheklash — Ortiqcha ekran vaqti bolada asabiylikni oshirishi mumkin.
- Ota-onaning qo‘llab-quvvati — Eng muhimi, bola o‘zini tinglaydigan, tushunadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan muhitda bo‘lishi kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar