Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichiga saralashidan o‘rin olgan "Istanbul Bashakshexir" - "Viking" o‘rtasidagi bellashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Dastlab uchrashuvning 34-daqiqasida Turkiya klubi himoyachisi Onur Bulut o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa hamyurtimizning uzatmasidan so‘ng Zelke hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Istanbulliklarni ushbu durang ham keyingi bosqichga olib chiqdi. Sababi, jamoa ilk to‘qnashuvda 1:3 hisobida g‘alaba qozonib, uyga qaytgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, 83-daqiqada terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov o‘rniga zaxiradan Yusuf Sari o‘yinga qo‘shildi.
"Istanbul Bashakshehir" - "Viking" 1:1
Gollar: Onur Bulut 34, Devid Selke 40
Dastlabki uchrashuv: 3:1
"Istanbul Bashakshehir" keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shomurodovdan assist!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar