date

Italiyaliklar “Cacio e Pepe” retsepti tufayli g‘azabda

Italiyaliklar “Cacio e Pepe” retsepti tufayli g‘azabda
Italiyada mashhur milliy taom — pasta cacio e pepe atrofida katta bahs yuzaga keldi. Buyuk Britaniyaning Good Food sayti bu klassik Rim taomini “tez tayyorlanadigan tushlik” sifatida taqdim etib, retseptiga sariyog‘ va hatto qaymoq qo‘shishni tavsiya qildi.

Aslida bu taom faqat uch mahsulotdan iborat: makaron, qora murch va pishloq. Italiyalik oshpazlar bu sodda, ammo mukammal uyg‘unlikni saqlash muhimligini ta’kidlashadi.

Restoranlar assotsiatsiyasi hatto bu masalani Rimdagi Britaniya elchixonasiga olib chiqdi. Tashkilot rahbari Klaudio Pika “bu taom Rim timsoli” ekanini aytib, asl retsept o‘zgarmasligini qat’iy bildirdi.

Italiya oshpazlari va jurnalistlari buni oshpazlik an’anaga tajovuz deb baholashdi. Ba’zilar Good Food retseptini “butunlay boshqa taom — pasta Alfredo” deb atab, nomini o‘zgartirish kerakligini aytishdi.

Italiyaliklar uchun ovqat madaniyati milliy o‘zlikning muhim qismidir. Shuning uchun ular pizza ustiga ananas qo‘yish yoki qaymoq qo‘shish kabi o‘zgarishlarga ham keskin qarshi chiqishadi.

Good Food egasi hozircha voqeaga izoh bermadi. Ammo Italiya oshpazlik jamoasi bu ishni milliy “or-nomus masalasi” deb hisoblab, jiddiy munosabat bildirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Italiyaliklar “Cacio e Pepe” retsepti tufayli g‘azabda