date

Tovon yorilishi: asosiy sabablar va yechimlar

Tovon yorilishi: asosiy sabablar va yechimlar

Tovon terisining yorilishi ko‘pchilik uchun, ayniqsa, yoz mavsumida sezilarli muammoga aylanadi. Bu nafaqat ko‘rinish jihatidan noqulay, balki sog‘liq uchun ham xavflidir. Yorilgan tovon orqali infeksiya kirishi mumkin.

Eng keng tarqalgan sabab — terining qurishi. Namlik yetishmasligi natijasida terining elastikligi yo‘qoladi, qattiqlashadi va mayda yoriqlar paydo bo‘ladi.

Noto‘g‘ri poyabzal tanlash ham asosiy omillardan biri. Qattiq yoki havo o‘tkazmaydigan poyabzal terini ezadi va ishqalaydi.

Uzoq vaqt oyoqda turish, ortiqcha vazn, qandli diabet kabi kasalliklar ham tovon yorilishiga olib kelishi mumkin. Vitamin A, E va Omega-3 yetishmasligi ham sabablar qatorida.

Davo sifatida oyoq gigiyenasiga amal qilish, iliq suvli vanna va yumshatuvchi kremlar qo‘llash tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tovon yorilishi: asosiy sabablar va yechimlar