Yulduz Usmonova qo‘shig‘ini aytgan xonanda jarimaga tortildi

1 daqiqa o'qish117.1K
Yulduz Usmonova qo‘shig‘ini aytgan xonanda jarimaga tortildi

Nihol mukofoti sovrindori, yosh va iste’dodli xonanda Guljahon Xolxo‘jayeva mualliflik huquqini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqida Adliya vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Vazirlikka Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan murojaat kelib tushgan. Unda xalq orasida “Salomiy” taxallusi bilan tanilgan shoir Abdusaid Abdusalomovga tegishli “Senmiding” nomli she’r muallifning ruxsatisiz ijro etilgani haqida so‘z borgan.

O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova ijrosida ommalashgan “Senmiding” qo‘shig‘ining she’riy matnini Guljahon Xolxo‘jayeva muallifning roziligisiz ijro etgan. Bu holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi qaroriga ko‘ra, xonanda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177^1-moddasi (mualliflik va turdosh huquqlarni buzish)ning 1-qismiga muvofiq jarima jazosiga tortildi.

Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, muallif huquqbuzardan faqat zararni qoplashni emas, balki bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashni ham talab qilish huquqiga ega.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mualliflik huquqini hurmat qilish va ijodkor mehnatiga adolatli munosabatda bo‘lish san’at olamining barqaror va sog‘lom rivojlanishi uchun juda muhim.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?