Ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda qiziq bir nazariya mashhurlikka erishmoqda: har bir erkak hayotida ilk sevgan ayoli bor va u xotiradan hech qachon o‘chmaydi.
Ushbu fikr atrofida turli mulohazalar bildirilmoqda:
-
Erkaklar ilk sevgisini boshqa ayollar bilan ixtiyorsiz ravishda solishtiradi.
-
Ko‘p hollarda keyingi juftlar ham tashqi ko‘rinish yoki xarakter jihatidan o‘sha ilk sevgisiga o‘xshash bo‘ladi.
-
Ayrim ayollar bundan mamnun, o‘zini «umrbod esda qoluvchi» deb hisoblaydi.
-
Boshqalar esa aksincha, «men uning hayotida ikkinchi o‘rindamanmi?» degan xavotirga tushadi.
Internetdagi muhokamalar shunchalik avj oldiki, nazariyaga hatto lozung ham topildi:
"Muhim emas birinchi sevgi, balki muhimdir — birinchi muhabbat!"
Psixologlar esa bunday fikrlarga ehtiyotkorlik bilan yondashishni maslahat beradi. Ularga ko‘ra, ilk muhabbat albatta xotirada qolishi mumkin, lekin bu har doim hozirgi munosabatlarga ta’sir qiladi, degani emas.
Shuning uchun, mutaxassislar ta’kidlaydi, juftingiz sizni hayotidagi «birinchi» yoki «ikkinchi» deb baholashdan ko‘ra, uning hozirgi munosabati va qadr-qimmatingizga e’tibor qarating.
Manba: Peopletalk
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!