date

Jennifer Lopez Toshkentdagi konsertidan qancha pul ishlab ketdi?

Jennifer Lopez Toshkentdagi konsertidan qancha pul ishlab ketdi?

7 avgust kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida jahon miqyosidagi yulduz — Jennifer Lopezning Up All Night — LIVE IN 2025 deb nomlangan konsert dasturi yuqori darajada o‘tkazildi. Ko‘p yillardan buyon katta sahnada faoliyat yuritayotgan va millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan ijrochining ushbu konserti haqiqiy shov-shuvga aylandi.

Bu borada e’lon qilingan raqamlar esa haqiqiy rekord natijalarini namoyon etmoqda.

Bir kechaning o‘zida sotilgan chiptalar soni 25 000 tani tashkil etdi. E’tiborlisi, shu chiptalarning 67 foizi xorijlik tomoshabinlarga to‘g‘ri keldi. Ya’ni:

  • 7 500 kishi Rossiyadan,

  • 2 500 kishi Qozog‘istondan,

  • qolganlari esa Yevropa mamlakatlari hamda Yaqin Sharqdan tashrif buyurgan ishqiy muxlislardir.

Bu holat nafaqat Lopezning xalqaro mashhurligini, balki O‘zbekistondagi konsert infratuzilmasining ham jahon standartlariga javob berayotganini tasdiqlaydi. Chiptalar narxi esa 1 million so‘mdan boshlab, 4,2 million so‘mgacha bo‘lgan oraliqda belgilagan.

Shu tariqa hisob-kitoblarga ko‘ra, konsertdan olingan potentsial daromad 25 milliard so‘mdan 105 milliard so‘mgacha, ya’ni 1,97 million dollardan 8,28 million dollargacha bo‘lishi mumkin. Bu esa faqat chipta sotuvidan tushgan daromadni anglatadi.

Qayd etish joizki, mazkur tadbir orqali nafaqat shou-biznes vakillari, balki mamlakatning turizm sektori ham katta foyda ko‘rdi. Minglab xorijliklar aynan shu konsertni tomosha qilish uchun 4–6 kunlik tur-paketlar orqali O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Bu esa mavsumdan tashqari davrdagi sayyohlik faolligiga ancha kuchli turtki bo‘ldi.

Jennifer Lopezning shou dasturi nafaqat musiqa ishqibozlariga, balki davlat miqyosida turizm va tadbirkorlik sohalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgani bilan tarixda qoladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlarini baham ko‘rib, bunday darajadagi konsertlarning yanada ko‘payishini orzu qilib qolishdi.

Bu kecha — nafaqat yulduzning ijrosi, balki mamlakat brendining yana bir qadam oldinga siljishi sifatida ham baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jennifer Lopez Toshkentdagi konsertidan qancha pul ishlab ketdi?