Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi

Markaziy bank 14 fevraldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan qiymatini belgiladi.
AQSH dollari 8,17 so‘mga tushib, 11 330,04 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi ham arzonladi (-41,60) va 12 098,22 so‘m bo‘ldi. Funt sterling 81,27 so‘mga tushib, 13 639,10 so‘m bo‘ldi.
Rossiya rubli -0,53 so‘mga tushdi va 155,56 so‘m etib belgilandi.
Qozoq tengesi 25,05 so‘m bo‘ldi (-0,10).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing