date

Snap va Perplexity o‘rtasidagi 400 million dollarlik hamkorlik bekor qilindi

Snap va Perplexity o‘rtasidagi 400 million dollarlik hamkorlik bekor qilindi

Snap kompaniyasi o‘zining choraklik moliyaviy hisobotida Perplexity bilan tuzilgan 400 million dollarlik shartnoma yakunlanganini ma’lum qildi. O‘tgan yilning noyabr oyida e’lon qilingan ushbu kelishuvga ko‘ra, Perplexity sun’iy intellektga asoslangan qidiruv tizimini Snapchat ilovasiga integratsiya qilishi kerak edi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, tomonlar hamkorlikni joriy yilning birinchi choragida «do‘stona tarzda» to‘xtatishga qaror qilishgan. Dastlabki rejaga ko‘ra, Perplexity bir yil davomida Snap’ga naqd pul va aksiyalar ko‘rinishida 400 million dollar to‘lashi va 2026-yildan boshlab daromad keltirishi kutilayotgan edi.

Snapchat foydalanuvchilari ushbu integratsiya orqali ilova ichida savollar berib, sun’iy intellekt yordamida javoblar olishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq, sinov jarayonlaridan so‘ng tomonlar loyihani keng ko‘lamda joriy etish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erisha olmadilar.

Shunga qaramay, Snap o‘zining global faol foydalanuvchilari soni 5 foizga o‘sib, 483 millionga yetganini qayd etdi. Kompaniya rahbari Evan Spiegel sun’iy intellekt va aqlli ko‘zoynaklar texnologiyalariga investitsiya kiritishda davom etishini hamda kelajakda boshqa innovatsion hamkorlar bilan ishlashga tayyorligini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Snap va Perplexity o‘rtasidagi 400 million dollarlik hamkorlik bekor qilindi