O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olishda sezilarli tushish qayd etildi

1 daqiqa o'qish134
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olishda sezilarli tushish qayd etildi

2026 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda neft, tabiiy gaz va ko‘mir qazib olish hajmida pasayish kuzatildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, yanvar–mart oylarida tabiiy gaz qazib olish hajmi 9,6 milliard kub metrni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga kamaygan.

Neft ishlab chiqarish hajmi 157,3 ming tonnaga yetgan bo‘lib, 2,2 foizlik pasayish qayd etilgan. Gaz kondensati ishlab chiqarish ham 18,3 foizga qisqarib, 242,3 ming tonnani tashkil qilgan. 2024 yil bilan taqqoslanganda ham pasayish yuqori darajada ekani aytilmoqda.

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda ijobiy o‘sishlar kuzatilgan. Avtomobil benzini ishlab chiqarish 2,9 foizga oshib, 313,2 ming tonnaga yetgan. Yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarish esa 54,3 foizga o‘sib, 280,9 ming tonnani tashkil etgan.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4,7 foizga ko‘payib, 22,93 milliard kVt/soatga yetgan. Portlandsement ishlab chiqarish ham o‘sish qayd etib, 4,1 million tonnaga chiqqan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?