6 may oltin quymalarning sotuv narxlari e’lon qilindi

O'zbekiston Markaziy Banki tomonidan o'lchovli oltin quymalarning 6 maydagi yangi sotuv narxlari e'lon qilindi. Unga ko'ra, 1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 27 600 so'mga oshdi. Xususan, 5 gramlik quymalarning narxi 9 486 000 so'mni, 10 gramligi 18 531 000 so'mni, 20 gramligi 36 708 000 so'mni tashkil etdi. Shuningdek, 50 gramlik quyma 90 888 000 so'mdan va 100 gramligi 181 776 000 so'mdan sotilishi belgilandi.
O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan o‘lchovli oltin quymalarning 6 maydagi sotuv narxlari e’lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 27 600 so‘mga oshgan.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur’atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.


























Izohlar 0
…